18:45 / 02.05.2019
4 790

Qashqadaryoda yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi va ag‘darilib tushdi

Qashqadaryoda yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi va ag‘darilib tushdi
Foto:«Daryo-LIVE»
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi «Chashmaihofizon» temiryo‘l stansiyasi yaqinida 1 mayga o‘tar kechasi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Dehqonobod—Boysun—Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketgan.

«Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ag‘darilgan vagonlarning yo‘lovchilari avtobusda tashilgan. Hodisa haqida rasmiy axborot berilmagan, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot (hozircha) yo‘q», deya yozmoqda «Daryo-LIVE».

Mazkur masala yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ushbu vaziyat bo‘yicha hozircha axborot yo‘qligini, tez orada bayonot berilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kib, temir yo‘lga ziyon yetgani va poyezd qatnovi to‘xtab qolgan, keyinroq tiklangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi va ag‘darilib tushdi