22:23 / 02.05.2019
4 881

Uy hayvonlari orqali yuquvchi o‘ta xavfli kasalliklar

Uy hayvonlari orqali yuquvchi o‘ta xavfli kasalliklar
Uy hayvoni siz o‘ylaganingizdan-da ko‘proq muammo keltirib chiqarishi mumkin. Gap shundaki, hatto oddiy mushuk va itlar ham ko‘pincha inson uchun halokatli tugashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning "yetkazuvchilari" bo‘lishi mumkin. Shifokorlar bunday kasalliklarni alohida guruhga ajratishadi - zooantroponozlar - unga taxminan yuz xil kasallik kiradi. Don't Panic taqdim etgan mavzuga oid maqolani o‘qib ko‘ring va xulosa qiling, uyingizda jonivorlarni saqlash hayotingizni garovga qo‘yishingizga arzirmikan?!

Quturish
Uy hayvoni bu kasallikni yovvoyi hayvonlardan yuqtirishi mumkin. Quturish inson uchun o‘ta xavfli: virusni vaksinasiz davolab bo‘lmaydi va bu o‘lim bilan tugaydi.

Toksoplazmoz
It va mushuklardan yuquvchi parazitar kasallik. Uning yengil shakli deyarli xavfsiz, biroq og‘ir shakli jigarning toksik shikastlanishi, falaj va o‘limga olib kelishi mumkin.

Leptospiroz
Leptospirozni xalq orasida it tifi deyishadi, biroq har qanday sut emizuvchi uni yuqtirib olishi mumkin. Inson bu kasallikni odatda kasallangan jonivorning suvi, so‘lagi yoki peshobidan yuqtirishi mumkin. Leptospiroz jigar va yurakka hujum qiladi.

Atipik pnevmoniya
Ekzotik jonivorlar - ekzotik kasalliklar. Insoniyat birinchi bo‘lib atipik pnevmoniyani viverra - Janubi-Sharqiy Osiyo yirtqichidan yuqtirgan. Virusning yangi turlari uy hayvonlarida ham kuzatilmoqda.

OITS
Bu kasallikni insonga Markaziy Afrika maymunlari yuqtirishgan. Virus bugungi kunda ham hayvonlar orqali yuqishi mumkin.

Laym kasalligi
Laym kasalligi belgilari oddiy tumov belgilariga juda o‘xshash. Agar kasallik vaqtida aniqlanmasa, asoratlari juda ayanchli bo‘ladi, falaj ham shular sirasiga kiradi.

Gelmintozlar
Bu gelmintlar, parazit gijjalar orqali yuquvchi kasalliklarning umumiy nomi. Uy hayvonlarining taxminan 57 foizi - gelmint tashuvchilari. Insonning parazitlarni yuqtirishi oson, biroq uni davolash qiyin va juda yoqimsiz.

Manba: Sof.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy hayvonlari orqali yuquvchi o‘ta xavfli kasalliklar