07:13 / 04.05.2019
3 408

Adliya organlarida attestatsiya: 10 nafar xodim lavozimiga noloyiq deb topildi

Adliya organlarida attestatsiya: 10 nafar xodim lavozimiga noloyiq deb topildi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Adliya vazirligi tizimida xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ilk marotaba jamoatchilik nazoratini nazarda tutuvchi mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi.

Mazkur jarayonda fuqarolik jamiyati instituti vakillari bevosita ishtirok etdi hamda ushbu jarayonni keng jamoatchilik tomonidan onlayn kuzatib borish imkoniyati ta’minlandi.

Xususan, vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, hududiy adliya organlarida xodimlarning attestatsiyasi jarayonining shaffofligi va xoliyaligini ta’minlash maqsadida internet tarmog‘i orqali vazirlik rasmiy veb-sayti minjust.uz orqali to‘liq onlayn tarzda translatsiya qilindi.

Attestatsiya jarayoni xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar ittifoqi, mahalla fuqoralar yig‘ini va boshqa jamoatchilik tuzilmalarining vakillari ishtiroki ostida adolatli o‘tkazilishi ta’minlandi.

Ochiqlik, shaffoflik va adolatli tarzda o‘tgan ushbu tadbirda adliya organlari xodimlarining 60 nafari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 33 nafari egallab turgan lavozimiga loyiq deb topildi,
17 nafariga 6 oy sinov muddati berildi, 10 nafari egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilib, egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Davlat organiga yuklangan vazifalar o‘z vaqtida eng muhimi sifatli bajarilishi uchun eng munosib kadrlar ishlashi zarur.

Adliya vazirligi tomonidan «Ochiq adliya» (Open Justice) dasturi doirasida xodimlarning attestatsiyadan o‘tish jarayonida shaffoflikni to‘liq ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya organlarida attestatsiya: 10 nafar xodim lavozimiga noloyiq deb topildi