O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov sodir etilgan jinoyatlarning to‘liq hisobga olinishi masalasi bo‘yicha hali samarali tizim yo‘lga qo‘yilmaganini bildirdi. Unga ko‘ra, 45 nafar xodim aynan shuning yuzasidan, ya’ni jinoyatlarni yashirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, 4 may kuni Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan hisobotini taqdim etgan Bosh prokuror Otabek Murodov jinoyatlarni hisobga olish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Jinoyatlarni hisobga olishda inson omilini istisno qilish, jinoyatlarning elektron statistikasini joriy qilish mana shu yilda ishga tushirildi. Ma’lumotlar haqqoniyligini ta’minlash uchun jinoyatlarga oid statistika kartochkalarini elementarizatsiya qildik», - deydi Murodov.
Bosh prokuror ma’lumotiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi axborot bazasiga 5872ta kartochka kiritilmagani aniqlangandi.
«Jinoyatni yashirish, hisobga olmaslikning o‘zi jinoyat. Inson omilini bu jarayondan mutlaqo chiqarish kerak», - deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?