18:50 / 06.05.2019
3 465

Sport oyoq kiyimi ichiga yashirilgan naqd xorijiy valyuta fosh etildi

Sport oyoq kiyimi ichiga yashirilgan naqd xorijiy valyuta fosh etildi
Bojxonachilar xorijiy valyutalarning yurtimizdan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilishiga qarshi samarali choralar ko‘rishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaro A.U belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning qo‘l sumkasi va sport oyoq kiyimi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan, umumiy qiymati 71 million so‘mlik xorijiy valyutalar yashirilganligi va uni O‘zbekistondan qo‘shni davlatga yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sport oyoq kiyimi ichiga yashirilgan naqd xorijiy valyuta fosh etildi