22:45 / 06.05.2019
3 205

Nimanidir yo‘qotdik...

Nimanidir yo‘qotdik...
Ahli haq birinchi avlodlarning dushmanga qarshi turishi o‘zgacha bo‘lgan – Haq taraf bo‘lgani uchun bu toifaga ko‘tarinki ruh, Robbga muhabbat, ajr umidi – shular xos bo‘lgan. Dushmanga nafrat ham bo‘lgan, ammo bu narsa ularni qamrab olmagan – rohatbaxsh narsalar qamrab olgan ularni.

Yana bir jihat – ularga qarshi qilich ko‘targan ahli kufr turgan.
Endi esa biz.

1. Bizning qarshi turishimizda nafratdan boshqa narsa yo‘q.

2. «Dushman»imiz ko‘pincha kufr ahli emas, balki biron-bir bechora, tushunchalarini hali to‘g‘irlab olmagan Allohga imoni bor musulmon. Bunday odam adashib biz yomon ko‘rgan biron-bir ish qilsa (masalan biz yomon ko‘rgan lenta-penta taqib olsa) bo‘ldi – u go‘yoki qilich ko‘targan kofirdanam katta nafratimizga uchraydi. Imoni e’tibor qilinmaydi.

3. Nafratimiz Alloh yomon ko‘rgan narsalarga emas, balki o‘zimiz yomon ko‘rgan narsalarga qaratilgan. Alloh shirkni eng ko‘p yomon ko‘rdi, biz-chi, eng ko‘p yomon ko‘rgan narsamiz nima? Nimadan «qonimiz qaynaydi» – ayolimiz vaqtida ovqat keltirmaganidanmi, qo‘shnimizning biz kutmagan muomalasidanmi, bizga yo‘l bermagan moshinadanmi, nimadan?

Ustuvorliklar(prioritetlar)imiz alkash-chulkash bo‘lib, o‘rni almashib qolgani dastidan tentirab, nima qilayotganini bilmay qolgan, tog‘dek narsalarning e’tiborini qilmay, mayda narsalar uchun zahar sochadigan, katta zararni maydasidan, birodarini boshqadan ajratolmay qolgan millat bo‘lib qolik.
Muhammad ShAKUR

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nimanidir yo‘qotdik...