07:50 / 07.05.2019
3 861

«Damas» va yuk mashinasining to‘qnashuvida andijonlik pensionerlar vafot etdi

«Damas» va yuk mashinasining to‘qnashuvida andijonlik pensionerlar vafot etdi
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 5 may kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan 65 yoshli X.K. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Madaniyat mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yerda harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A. boshqaruvidagi “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek qolgan yo‘lovchilari, haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: 7news.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Damas» va yuk mashinasining to‘qnashuvida andijonlik pensionerlar vafot etdi