09:56 / 08.05.2019
4 706

Obbo, «uddaburonlar»! Baribir ishing fosh bo‘ldi-ku?!

Obbo, «uddaburonlar»! Baribir ishing fosh bo‘ldi-ku?!
Foto: «Google.com»
Gurlanlik Otabek (ismi o‘zgartirilgan) tumandagi «O. P.» fermer xo‘jaligi rahbari. U ukasi Sanjar bilan fermer xo‘jaligiga tegishli «TTZ 8011» rusumli traktor tirkamasining old qismiga su’niy ravishda og‘irligini 670 kg. ga oshiruvchi moslama o‘rnatdi deng. Nega? Yetishtirgan paxta xom-ashyosini «og‘irroq» qilib o‘tkazish uchun-da.

Xullas, ular tirkamaga o‘rnatilgan og‘ir moslama bilan 2018 yil paxta mavsumida «Gurlan paxta tozalash» AJga qarashli «Paxta tayyorlov maskani»da 44 marotaba taroziga «chiqishdi». Har taroziga chiqqanda xom-ashyo sun’iy ravishda tosh bosib, mo‘ljaldagidan ko‘proq hosil topshirishdi go‘yo. «Ortiqcha» xom-ashyo pulga chaqilganda miqdor 103 401 000 so‘mni tashkil etdi.

Bunday «ixtiro» fosh bo‘lmay qolmadi, albatta.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. B. Yakubovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchilar tomonidan jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, jarima jazosi taylinlandi. Eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida.

Har biriga.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Obbo, «uddaburonlar»! Baribir ishing fosh bo‘ldi-ku?!