“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ismli (nomli) avtoraqamlarni joriy qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.
Bugun yurtimizda barcha jabhalarda yangi g‘oya va tashabbuslar ilgari surilmoqda. Joriy etilayotgan innovatsion loyihalar natijasida yangi imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ham ko‘plab yangiliklar joriy etilmoqda, deyiladi murojaatda.
“Ushbu sohani yanada rivojlantirish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha pul to‘lash asosida avtomobil egasining ismi yoki u tomonidan taklif qilingan so‘z (nom) tushirilgan avtoraqamlarni joriy qilishni taklif qilaman. Aksariyat rivojlangan davlatlarda ushbu amaliyot mavjud”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Bildirilishicha, mazkur turdagi avtoraqamlarni sotish davlat byudjetiga ham mablag‘larni tushirishga xizmat qiladi. Aksariyat holatlarda yo‘l harakat qoidalarini qo‘pol tarzda buzish yoki ehtiyotsizlik natijasida piyodani urib yuborish va voqea joyidan qochib ketish holatlarida bunday avtomobil raqamlari zarur hisoblanadi. Kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan joylarda shunday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar sodir etilganda fuqarolar raqamlardan ko‘ra so‘zlarni yaxshiroq eslab qoladilar.
“Shu sababli, mamlakatimizda avtomobillar uchun avtomobil egasi tomonidan taklif qilingan so‘z (nom) tushirilgan avtoraqamlarni joriy qilishni taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?