11:43 / 09.05.2019
6 423

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
8 may kuni poytaxtimizdagi «Vatanga qasamyod» haykali oldida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi bilan hamkorlikda «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat» shiori ostida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan vatanparvarlik aksiyasi tashkillashtirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, unda mustaqil O‘zbekiston armiyasining afsonasi – birinchi mudofaa vaziri, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Harbiy aloqa instituti kursantlari hamda Tibbiy akademiya huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari, nafaqadagi harbiylar, Yoshlar ittifoqi vakillari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi, «Nezabudki» bolalar raqs jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari urush yillaridagi o‘z xotiralarini yoshlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, Afg‘on urushi qatnashchilari hamda mustaqillik yillarida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotirasi yodga olindi.

Tadbir so‘nggida faxriylarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi