4 695
Prezident bugun Toshkentni aylanadi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochilishi kutilmoqda
Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha ob’ektlarga tashrif buyuradi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, davlat rahbari poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlariga borishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkentda bugunning o‘zida ikkita yangi masjid ochilishi kutilyapti. Xususan, masjidlardan biri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilgan masjid ekani aytilyapti.
Bundan bir necha kun avval Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi majmuada qurilish ishlari nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida ekani ma’lum bo‘lgandi.
Majmua tarkibidagi masjidga kirish joyidagi muhtasham ichki va tashqi peshtoq to‘la qurib bitkazilgan. Majmuani bezab turadigan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatilgan. Masjid ichidagi bezak ishlari yakuniga yetgan.
Shuningdek, prezident bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha boshqa ob’ektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi