14:23 / 10.05.2019
4 043

Aliment qarzini to‘lamayotgan otaning avtomashinasi xatlandi

Aliment qarzini to‘lamayotgan otaning avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 11.07.2016 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor R.S.dan undiruvchi E.U. foydasiga voyaga yetgunga qadar har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment to‘lash ijro hujjati mavjud.

Ammo qarzdor R.Saribayev qonun talablariga bo‘ysunmasdan, ya’ni 34 oydan buyon 13 mln. so‘mdan ortiq (13.328.860.) aliment qarzini farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘lashdan bo‘yin tovlab kelmoqda.

Byuroning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan qarzdor R.S.ga tegishli bo‘lgan qidiruvdagi “Nexia Dons” rusumli avtotransport vositasi Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan topildi va ushbu avtotransport vositasi undirilmay qolgan aliment pullarini to‘liq qoplash maqsadida xatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment qarzini to‘lamayotgan otaning avtomashinasi xatlandi