14:30 / 11.05.2019
4 226

Prezident tashrifidan so‘ng Uchtepa hokimi va ikki sektor rahbari ishdan olindi

Prezident tashrifidan so‘ng Uchtepa hokimi va ikki sektor rahbari ishdan olindi
Toshkent shahrining Uchtepa tumani hokimi Shuhrat Atamuhamedov va ikki sektor rahbari (IIB va soliq) lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida bo‘lib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Hokim va tumanning boshqa rahbarlari davlat rahbarining ushbu tumanga tashrifi yakunlariga ko‘ra ishdan olindi.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuhamedov 2018 yilning 12 may kuni Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov
Tuman hokimi va ikki sektor rahbari lavozimlari hozircha bo‘sh turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident tashrifidan so‘ng Uchtepa hokimi va ikki sektor rahbari ishdan olindi