16:11 / 12.05.2019
4 026

Firibgarlik yo‘li bilan 100 000 AQSh dollarni olayotgan shaxs qo‘lga olindi

Firibgarlik yo‘li bilan 100 000 AQSh dollarni olayotgan shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanda o‘tkazilgan tadbir natijasida shu tumanning M.Yusuf ko‘chasida yashovchi G‘.K. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

U Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi M.M.ga Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan 195 gektar yer maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijara shartnomasi tuzish orqali uning ihtiyoriga o‘tkazib berishini va’da qilib, undan jami 100 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgarlik yo‘li bilan 100 000 AQSh dollarni olayotgan shaxs qo‘lga olindi