08:59 / 14.05.2019
3 855

Milliy gvardiya surishtiruv olib boruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shilmoqda

Milliy gvardiya surishtiruv olib boruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shilmoqda
Joriy yilning 13 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasining ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan tahriri muhokama etildi.

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi Qarori negizida ishlab chiqilgan. Majlisda o‘tgan qisqa davr ichida Milliy gvardiya mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholini turli xatarlaridan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan muhofaza qilishga qodir muhim organga aylangandi Bu boradagi vazifalarni samarali amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul bo‘lish bu soha vakillariga ham qo‘shimcha huquqiy ta’sir chorasini beruvchi vakolat mexanizmlari joriy etilishini taqozo etadi.

Bosh prokuratura tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilib, yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan ushbu Qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksida Milliy gvardiyani surishtiruv olib borish vakolatiga ega bo‘lgan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shish belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi 250-1-moddasining birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) va 259-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv Milliy gvardiya surishtiruvchilari tomonidan olib borilishi nazarda tutilmoqda.

Yana bir muhim jihat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Milliy gvardiyaning mansabdor shaxslari tomonidan bir qator holatlarda, ya’ni 185-1-moddada (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) va 210-1-moddada (o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu ob’ektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, bayonnomani ilova qilinadigan materiallar bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilishini belgilashga oid yangi normalar mustahkamlanmoqda.

Qo‘mita yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi barcha siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hamda tegishli ekspert va mutaxassislar tomonidan qo‘llab- quvvatlandi. Yaqin kunlarda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazib, deputatlar muhokamasiga ikkinchi o‘qishda kiritish haqida qo‘mita qarori qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya surishtiruv olib boruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shilmoqda