18:06 / 14.05.2019
3 984

Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
2018 yil dekabrdan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Hotambek Shokirov (1970 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi «Gazeta.uz».

Hotambek Shokirov mazkur lavozimga may oyi boshida vazifasidan ozod qilingan Sherzod Hojizodayev o‘rniga tayinlandi.

Alimardon Qarshiyev (1971 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U 2011 yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Alimardon Qarshiyev shahar hokimiyatining tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan Shuhrat Turdiqulov bilan o‘rin almashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi