13:15 / 15.05.2019
3 422

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish masalasi muhokama qilindi
AQShning Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant hamda ushbu shtat Milliy gvardiyasining general ad’yutanti Djenson Boyls boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Delegatsiya 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Baxodir Tashmatov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish maqsadida bir qator masalalar muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarini strategik hamkor sifatida ko‘rishi hamda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda o‘rni yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Muzokarada kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim bo‘g‘in sifatida xizmat qiluvchi Toshkentdagi AQSh elchixonasining AQSh ishlari bo‘yicha ishonchli vakili Alan Melser ham ishtirok etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish masalasi muhokama qilindi