Foto: Sputnik
Uy, mol-mulk va egasini himoya qilish uchun eng yaxshi itlar bu – O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya kinologiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Golubev ma’lumotiga tayanib Sputnik yozadi.
«Qo‘riqchi itlarning eng yorqin namunasi bu O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu zotli itlar yonida egasi bo‘lgan yoki bo‘lmagan holatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun bu itlar albatta mashq kursidan o‘tishi kerak», — dedi u.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mashq itlarga vaziyatni anglash va qachon jahldorlikni ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘rgatadi.
«Qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan itlarni egasiga quloq solish, begonalarga ishonchsizlik ko‘nikmalariga o‘rgatish kerak», — deb ta’kidladi Golubev.
Mashg‘ulotlar bilan faqat tajribali mutaxassis-kinologlar shug‘ullanishi kerak.
Golubevning so‘zlariga ko‘ra, xizmat itlari mashq uchun eng yaxshi zotli itlar hisoblanadi.
Xizmat itlari guruhiga nemis va belgiya ovcharkalari, rotveyler, labrador, spaniyel zotli itlar kiradi.
Ko‘p yillar davomida bu zotli itlar portlovchi va narkotik moddalarni qidirish, odam qidirish, jinoyatchilarni ushlashda, odamlarni qutqarish ishlarida, shuningdek, qo‘riqlash faoliyatida qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?