19:26 / 17.05.2019
5 657

Tayloq tuman IIB inspektori 60 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Tayloq tuman IIB inspektori 60 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
15.05.2019 yil soat 12:40 larda Tayloq tuman IIB HPB IIO profilaktika katta inspektori A.S. 420-sonli militsiya tayanch punktidagi xizmat xonasida fuqaro N.M.dan tuman hokimining binoga bo‘lgan egalik qilish haqidagi qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan kelishilgan 70 ming AQSh dollaridan 60 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan 15.05.2019 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tayloq tuman IIB inspektori 60 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi