17:40 / 20.05.2019
2 991

Go‘dak otasi bag‘riga qaytdi

Go‘dak otasi bag‘riga qaytdi
Aliment to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biridir.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra qarzdor S.Saitovdan undiruvchi Elmiraxon Saitova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi qarori yuzasidan ijro harakatlari davomida tushuntirish ishlari olib borildi.

Oila muqaddasligi va ota mas’uliyati borasidagi tushuntirishlar samarasini berib mazkur oila yarashtirildi.

Xususan Byuroning Oqoltin tuman bo‘limi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan may oyining 15 kunida jami 3 ta oilaning butligi, farzandlar ko‘ngil kemtikligiga barham berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Go‘dak otasi bag‘riga qaytdi