19:24 / 20.05.2019
10 609

«Samarqand darvoza»ga borgandim... Sal kam ayollar hammomiga kirgandek bo‘ldim»

«Samarqand darvoza»ga borgandim... Sal kam ayollar hammomiga kirgandek bo‘ldim»
Bolalarni o‘ynatgani Samarqand darvozaga olib borgandim, uzr…u, sal kam ayollar hammomiga kirgandek bo‘ldim... Hadisdagi "kiyingan yalong‘ochlar", degan jumla yodimga keldi. Ehtimol, ilgargi ajdodlarimiz bu gapni bizchalik tushunmagan bo‘lsa kerak..

Musulmon erkaklar, o‘zbek o‘g‘lonlari qayoqqa qarashyapti? Opangiz, singlingiz yo qizingiz bo‘lsa, ehtimol, mahram bo‘lgani uchun siz unga yomon nazar bilan boqmassiz, ayolingiz bo‘lsa, uni ko‘raverib ko‘nikib ketgandirsiz, ammo siz ularni ko‘radigan begona ko‘zlarning nazarini ham hisobga oling, xuddi o‘zingiz begona ayollarni ko‘rganda o‘zgarganiz kabi... Yo ayolingizga, opa-singlingizga yo‘nalgan yot nigohlar sizga yoqadimi?

Nahot, ayol-qizlarimiz shahvoniy nazarlarga shunchalar o‘ch bo‘lib ketgan bo‘lsa? Nima, birovlarning ko‘zi o‘ynamasa, ko‘ngli joyiga tushmaydimi ularning? Nima uchun ko‘chada bunchalar yechinishga, noz-karashmalar qilishga ishqibozlar? Ziynatlarini ko‘cha-ko‘yda ko‘z-ko‘z qilishdan maqsadlari nima o‘zi? Bir narsa desangiz, dilim pok deb bong urishadi. Dili pok odamning amali ham pok bo‘ladi-ku!

Yoki nima qilayotganlarini o‘zlari ham anglashmaydimi? Begona nazarlarni ayollar his etmaydimi yo? Aslida muslima ayol mahramlari oldida ham bu shaklda yurolmasa kerak? Kattalarimiz: "Biz onamizning o‘mrovini ham ko‘rmaganmiz", deyishardi.

Uylanmagan bir yigitning gapi esimga tushdi: "Zinoning yomonligini bilamiz, lekin qizlarning kiyinishini ko‘ryapsiz-ku, aka, ayniqsa, yoz kelgach, iloj qolmayapti-da".

Mana, muhtarama ayollar, sizlarning "isib ketishingiz" nimalarga olib bormoqda! Keyin o‘g‘lim aynidi, ukamning boshini aylantirishdi, erimni yo‘ldan urdi, deb yurasizlar. Aka-singil, opa-uka, hatto ota bilan qiz o‘rtasida zino urchib borayotganining asosiy sababi ham shu "issiqchanlik" emasmikin?

E’tibor bersangiz, hammasi o‘zimizning o‘zbek ayollari, so‘rasangiz, musulmonman, deyishadi, shu mahallalarimizdan, uylarimizdan chiqib kelishgan, boshqa joydan kelmagan, o‘zga millatdagilari bo‘lsa ham, o‘zbek xonimlarning oldida ip esholmay qolgan.

Xullas, manzarani ko‘rib, bejizga dinimiz kiyinish me’yorlarini qat’iy belgilab bermagan ekan, insonlarning o‘ziga qolsa, hech qanday chegara bo‘lmas ekan, degan xulosaga keldim va musulmon bo‘lganimizga, musulmon xalq avlodi ekanimizga shukrlar aytdim. Biz kimlarning avlodi edig-u...

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Samarqand darvoza»ga borgandim... Sal kam ayollar hammomiga kirgandek bo‘ldim»