09:46 / 23.05.2019
3 029

O‘zbekistonda «yo‘l solig‘i» bekor qilinganmi?

O‘zbekistonda «yo‘l solig‘i» bekor qilinganmi?
2018 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va majburiy ajratmalar» mavjud bo‘lgan va ular O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-son qonuniga asosan bekor qilingan.

DSQ xabariga ko‘ra, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga kiruvchi «Avtotransport yig‘imlari» joriy etildi. Ushbu yig‘imlar:

- avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun undiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «yo‘l solig‘i» bekor qilinganmi?