10:30 / 24.05.2019
4 416

Samarqandda 33 yoshli erkak benzin bilan oʻzini oʻzi yoqib yubordi

Samarqandda 33 yoshli erkak benzin bilan oʻzini oʻzi yoqib yubordi
Foto: “Vitalik.kz”
Shu yil 18-may kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan erkak oʻzini oʻldirishga urindi deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Repost.uz” nashri.

Xabarda aytilishicha ushbu fuqaro oʻzining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgan. Yaqin qarindoshlari unga birinchi yordamni koʻrsatib uni Respublika shoshilinch yordam ilmiy-tadqiqot markazining Samarqand filialiga olib borishgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tezkor tibbiy yordamga qaramasdan u 19-may kuni vafot etgan. Shifokorlarning xulosasiga koʻra, marhum 80 foiz termik kuyish, eng yuqori darajadagi kuyish, shuningdek, termoingalsion jarohat oqibatida halok boʻlgan.

Mazkur holat yuzasida Jinoyat kodeksining 103-moddasi (Oʻzini oʻldirish darajasiga yetkazish) boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 33 yoshli erkak benzin bilan oʻzini oʻzi yoqib yubordi