11:14 / 24.05.2019
7 552

Toshkent viloyatining 14 ta tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlariga xizmat mashinalari topshirildi

Toshkent viloyatining 14 ta tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlariga xizmat mashinalari topshirildi
Nurafshon shahrida Toshkent viloyatining 14 ta tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari rahbarlariga xizmat mashinalarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib, soliq davlat byudjetini to‘ldirishda muhim tuzilma ekani, bu o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida, ayniqsa, aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Shundan keyin Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayziboyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Abdujalil Qurbonovlar so‘zga chiqib, barcha DSI rahbarlarini byudjetga tushirilgan tushumlar yakunlari va yangi mashinalar berilishi munosabati bilan tabrikladi. Tizim xodimlarining o‘z ishiga jonbozlik ko‘rsatishi, fidoyilik bilan xizmat qilishi mamlakat taraqqiyotiga daxldor masala ekanini ta’kidladi.

Tadbirda viloyat samarali faoliyati yuritib kelayotgan 14 ta tuman va shahar, jumladan, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Zangiota, Qibray, Parkent, Toshkent, Yangiyo‘l, Bekobod tumanlari, shuningdek, Angren, Ohangaron, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari “Nexia-3” va “Jentra” rusumli xizmat avtomobillari kalitini qabul qilib olishdi.

– Tumanimiz hududi keng bo‘lib, chekka joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, aholi oldiga borish, ular bilan uchrashib, soliq tushumlarini amalga oshirish, soliqqa oid qonunchilikda belgilangan normalar mazmunini yetkazish bir muncha noqulaylik tug‘idirayotgan edi, – deydi, Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Akmal Tillayev.

– Xizmat avtomobillarining topshirilishi bu boradagi muammoga barham berib, ishimizning yanada samarali tashkil etishda asqotadi. Davlatimiz tomonidan tizimning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga qaratilayotgan bunday e’tibor zimmamizdagi vazifalarni sidqidildan ado etishga undaydi.
Tadbirda yangragan dil tortar qo‘shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatining 14 ta tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlariga xizmat mashinalari topshirildi