12:23 / 24.05.2019
4 060

Farzand ona bag‘riga qaytarildi ammo u bundan xursand emas

Farzand ona bag‘riga qaytarildi ammo u bundan xursand emas
Farzand. Ota-ona uchun qanchalik qadrli ne’mat. Ammo farzand faqatgina ota-ona bag‘rida ularning har ikkisining mehri bilangina o‘zini baxtli his qiloladi. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra oilada kelishmovchiliklar yuzaga kelganda eng katta ma’naviy zararni farzand olishiga to‘g‘ri keladi. Ota-ona ajrashganda esa...

B.S. va F.N. 2014 yilda oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashdi va 2 nafar farzand ona qaramog‘ida qoldi. 2019 yil yanvar oyida esa 7 yoshli Marjona otasining uyiga qochib keldi... Nega?

F.N.ning arizasiga asosan 2019 yil 18 mart kuni Fuqarolik ishlar bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan Marjonani onasiga olib berish haqida sud buyrug‘i chiqarildi.

Ushbu ijro hujjatiga asosan farzand majburiy tartibda otasidan onasiga olib berildi. Ammo qizaloq onasi bilan ketishni hoxlamadi. Chunki faqatgina onaning mehri unga kamlik qilayotgan edi.

Oiladagi qilayotgan har bir ishimiz va gapirayotgan gapimiz farzandlarimiz taqdiriga qanchalik daxldor ekanligini unutmasdan, ularga baxtli bolalik taqdim etaylik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzand ona bag‘riga qaytarildi ammo u bundan xursand emas