Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan masala yuzasidan voqea joyiga chiqib, yog‘och uylarning buzilishiga oid masalani o‘rgandi va muddatdan oldin demontaj ishlari boshlanganligi haqidagi ma’lumotga izoh kiritdi.
Ma’lum qilishicha, 5-uy 7-xonadon egasi Usmon Mo‘minovga buzilayotgan 3 xonali uy-joyi o‘rniga umumiy maydoni kattaroq bo‘lgan 28 ta ko‘p qavatli uyning yuqori qavatlaridan xonadonlar taklif etilgan. Biroq, rafiqasi diabet kasalliga yo‘liqqani sababli u pastki qavatlardan 3 xonali uy so‘ramoqda. Ikki kun davomida Mo‘minovlar oilasi o‘zlari tanlagan yangi uyga ko‘chishadi.
22-uy, 6-xonadon egasi Otabek Niyozaliyev eski, yong‘in xavfli yuqori bo‘lgan yog‘och uylardan qulay sharoitli, sifatli, yangi uylarga ko‘chayotganidan xursandligini bildirgan. Lekin unga ko‘chishdan oldin yangi uyga egalik xuquqini ta’minlaydigan hujjatni taqdim etishlarini so‘ramoqda. Mas’ullar tez orada bu muammo hal etilishini aytishgan.
“Shuningdek, hokimiyat tomonidan fuqarolar yashab turgan uyda muddatdan oldin demontaj ishlarini boshlab yuborgan mutasaddi shaxslarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishiga ko‘ra, hozirgi kunda yog‘ochli uylarda istiqomat qilgan 32 oiladan 29 tasi qulay, sifatli va maydoni kattaroq bo‘lgan yangi uylarga ko‘chirilgan. Yangi qurilgan uylarga qo‘chirilgan 18 nafar xonadon egalarida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan imzolangan kafolat xati mavjud.
Xabarda bir yarim oy muddat ichida ushbu oilalarga ham mulk xuquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi qo‘shimcha qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?