07:13 / 25.05.2019
3 253

Qashqadaryoda qorabayir otlariga elektron chiplar o‘rnatilmoqda

Qashqadaryoda qorabayir otlariga elektron chiplar o‘rnatilmoqda
Foto: «Daryo»
Qashqadaryoda 87 bosh qorabayir oti va 145 bosh chorva moliga elektron raqamli chiplar o‘rnatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

Tadbirda aytilishicha, viloyatda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

— Qorabayir otlari va chorva mollariga elektron raqamga ega chiplar o‘rnatish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda, — deydi «O‘zbekchorvanasl» agentligi hayvonlarni identifikatsiya qilishni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Amanbayeva.

Yig‘ilishda so‘z olgan Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Samad Turdiyev 2018 yilda viloyatda 24 ta mol o‘g‘riligi jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida bu ko‘rsatkich 17 tani tashkil etayotganini aytib, mol o‘g‘irlanishining oldini olishda identifikatsiya raqamli chip ayni muddao ekanligini ta’kidladi.

Foto: «Daryo»
Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shaymardon Shodiyevning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, ayni kunga qadar viloyatda 87 bosh qorabayir oti va 145 bosh chorva moliga elektron raqamli chiplar o‘rnatilgan. Viloyatdagi fermer xo‘jaliklari uchun bir bosh qora molga chip o‘rnatish xarajati 25 500 so‘mni tashkil etadi. Fuqarolarga tegishli qoramollar esa chip bilan bepul ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, viloyatda hozirda 1 million 565 ming 681 bosh qoramol, 4 million 543 ming 156 bosh mayda shoxli mol bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda qorabayir otlariga elektron chiplar o‘rnatilmoqda