16:53 / 25.05.2019
3 066

Toshkentda uch nafar bosqinchi qo‘lga olindi

Toshkentda uch nafar bosqinchi qo‘lga olindi
2019 yil 19 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi S.G., S.M. va muqaddam sudlangan J.M. Tabrik ko‘chasida yashovchi 56 yoshli S.G.ni uyiga bostirib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular bu yerda S.G.ning turmush o‘rtog‘i hamda qizini qo‘rqitib, pul talab qilayotgan vaqtida uyda shovqin ko‘tarilgan.

Shovqinni eshitib, ularning oldiga chiqqan qo‘shnisi A.Yo.ga bosqinchilar qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada A.Yo. o‘zini himoya qilish maqsadida bosqinchilardan biri S.G.ga tan jarohati yetkazgandan so‘ng bosqinchilar voqea joyidan qochib ketishgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida uchala bosqinchi ham qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uch nafar bosqinchi qo‘lga olindi