13:58 / 27.05.2019
4 080

Toshkent propiskasi qanchaga tushadi? Poytaxtdagi «novostroykalar» narxi

Toshkent propiskasi qanchaga tushadi? Poytaxtdagi «novostroykalar» narxi
Foto: «Uz24.uz»
Deyarli bir yildan buyon Toshkent shahri va viloyatida birlamchi bozordan qiymatidan qat’i nazar (hatto 1 so‘m bo‘lishi mumkin) uy-joy sotib olgan viloyatliklarga propiska berilmoqda. O‘tgan vaqt davomida uy-joy bozorida talab ham taklif ham keskin oshdi. Bugun «novostroyka»dan xonadon sotib olaman deganlar uchun turli manfaatli takliflar juda ko‘paygan.

Masalan, uyni tayyor yoki «korobka» holida sotib olish mumkin. Bundan tashqari, to‘lovni naqd yoki pul o‘tkazish orqali amalga oshirish, birdaniga to‘lash, foizsiz bo‘lib-bo‘lib (rassrochka) yoki kredit evaziga xarid qilish imkoniyatlari mavjud. Hatto ayrim qurilish firmalari tomonidan mijozlar uchun chegirmalar e’lon qilingan.

«UZ24» birlamchi uy-joy bozoridagi narx-navolar bo‘yicha qisqacha tahliliy material tayyorladi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, poytaxtda yangi qurilgan yoki qurilayotgan turar joy majmualarida bir xonali uylarning umumiy maydoni o‘rtacha — 36 kv.m, eng arzon bir xonali uyning bahosi — 140 mln so‘mdan, ikki xonali uylarning umumiy maydoni o‘rtacha — 52 kv.m, narxi — 208 mln so‘mdan, uch xonali uylar umumiy maydoni o‘rtacha — 64 kv.m, eng arzon narxi esa o‘rtacha — 258 mln so‘mdan boshlanadi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida uylarning eng arzoni 1 kv.m uchun ("novostroyka" qurilgan hudud va xonadonning joylashgan qavatiga qarab) 4,5 – 5,9 mln so‘mga baholanmoqda.

Mirobod tumanida uylarning 1 kv.m uchun eng arzon narxlari 5,4 – 7 mln so‘m, Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 – 6,2 mln so‘m, Shayxontohur tumanida 4,7 – 6 mln so‘m, Yunusobod tumanida 4,5 – 5 mln so‘m, Yakkasaroy tumanida 4,9 – 5,2 mln so‘mga teng.

Yashnabod tumanida eng arzon taklif 3,6 – 4 mln so‘m, Bektemir tumanida eng arzon taklif 1 kv.m uchun 4 mln so‘m, Sergeli tumanida 4 – 5,2 mln so‘m, Uchtepa tumanida 3,9 – 6 mln so‘m, Chilonzor tumanida 4 – 5,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent propiskasi qanchaga tushadi? Poytaxtdagi «novostroykalar» narxi