18:23 / 27.05.2019
4 315

Ortiqxo‘jayev bir yildan beri shahar hokimi. Ilgari u mamlakatdagi eng yirik tadbirkorlardan biri edi

Ortiqxo‘jayev bir yildan beri shahar hokimi. Ilgari u mamlakatdagi eng yirik tadbirkorlardan biri edi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qizi Instagram’dagi o‘z sahifasida hordiq olayotganida, qimmatbaho avtomobillar fonida va VIP-shaxslar uchun xususiy samolyotdagi parvozdan olingan suratlarni joylashtirdi.

Keyinchalik Ortiqxo‘jayevning qizi so‘nggi e’lon qilingan fotosuratlarni o‘chirib tashladi, biroq ba’zi blogerlar ulardan skrinshot olishga ulgurishdi hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi.

Toshkent shahar hokimligi vakilining Kun.uz’ga xabar berishicha, u haqiqatdan ham Jahongir Ortiqxo‘jayevning qizi, e’lon qilingan fotosuratlar esa eskidir. Shu bilan birga, hokimlikdagilar ba’zi shaxslar shahar hokimining shaxsiy hayotiga aralasha boshlaganidan achchiqlanishdi.

«Bu shaxsiy hayotga tajovuz deyiladi. Fotosuratlarni barcha ko‘rishi mumkin degani, bu istalgan shaxs uni resursida o‘z maqsadlari va turlicha talqin etgan holda qo‘yishi mumkinligini anglatmaydi. Ha, u tadbirkor edi va ha, endi poytaxt hokimiga aylandi. Agar odamlar hokim poytaxt uchun qilayotgan yaxshi va foydali ishning kamida to‘rtdan birini qilganlarida edi, unda ularda nafaqat hamma yerdan va hamma narsadan kir qidirishga, balki bu haqda o‘ylashga ham vaqt bo‘lmasdi. Ular o‘z kuchlarini foydaliroq narsalarga yo‘naltirishsin», - dedi Toshkent hokimligi vakillaridan biri.

E’tibor bering, Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimligiga faqat bir yildan beri rahbarlik qilmoqda. Ilgari u mamlakatdagi eng yirik tadbirkorlardan biri edi. Umuman olganda, har qanday normal mamlakatda bo‘lganidek, tadbirkor qimmatbaho avtomobil, uy va hokazolarga egalik qilish huquqiga egadir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalistlarning Tashkent City loyihasini amalga oshiruvchi kompaniyalar bilan aloqalariga oid savollariga javob qaytargandi.

«Haqiqatdan Akfa 20 yillik kompaniyam. O‘zim tashkil etganman kompaniyani. To‘g‘risini aytsam, hokim bo‘lish tushimga ham kirmagan. Yarim soat oldin eshitganman hokim bo‘lishimni. Ammo, 20 yillik kompaniyani, to‘g‘risini aytaman, 31 ming ishchisi bilan shundoq tashlab ketish... Men hokim bo‘lganimda, prezidentimiz shu yerda (kompaniyada-tahr.) orttirgin tajribalaringni, deb hokim sifatida tayinlaganlar. Kompaniya boshqaruvini boshqa insonlarga, shogirdlaringga tashlab ketgin, degan talab bo‘lgan. Lekin hissangni bergin, degan talab bo‘lmagan. Agar, menda Boeing aksiyasi bo‘lsa, hokim bo‘lib, berib yuborishim kerakmi? Yoki Apple aksiyasi bo‘lsa qo‘limda, men ishni boshqarmayman u kompaniyada, hokim bo‘ldim, deb uni ham sotishim kerakmi?», - dedi Ortiqxo‘jayev.

Tashkent City loyihasi sarmoyadorlari orasida, Akfa Dream World kompaniyasi ham bo‘lib, u Congress Hall hamda 5 yulduzli Hilton mehmonxonasini barpo etmoqda. Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, ushbu ikki bino barpo etilib, foydalanishga topshirilgach, davlatga beg‘araz beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ortiqxo‘jayev bir yildan beri shahar hokimi. Ilgari u mamlakatdagi eng yirik tadbirkorlardan biri edi