Samarqand shahrida ro‘y bergan va kuzatish kameralariga yozib qolingan avtohalokat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Unda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan chorrahani kesib o‘tib, piyodalar o‘tish yo‘lkasidan o‘tib borayotgan maktab o‘quvchilaridan birini urib yuborgan “Damas” avtomashinasi tasvirlangan.
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. YXHB xabarnomasiga ko‘ra, YTH 21 may kuni soat 11:30 larda Samarqand shahrining Panjakent ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Q. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Damas” avtomashinasida harakatni svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida davom ettirib, 2011 yilda tug‘ilgan F.T.ni urib yuborgan. F.T. olingan tan jarohatlari tufayli Respublika shoshilinchi tez yordam ilmiy markazining Samarqand bo‘limiga yotqizilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi