16:30 / 29.05.2019
3 801

O‘zbekistonda 1 iyun kuni ish kuni bo‘ladi

O‘zbekistonda 1 iyun kuni ish kuni bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida» PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq joriy yilgi kalendarga o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, 2019 yil 1 iyun - shanba 6 iyun – payshanba kuniga ko‘chiriladi.

Shu munosabat bilan haftasiga besh ish kuni (dushanba-juma) ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilotlarda 1 iyun – shanba ish kuni hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Ramazon hayiti (Iyd-al-Fitr) bayrami munosabati bilan ham Prezidentning alohida farmoni asosida dam olish kuni e’lon qilinadi va bu yil bayram 5 iyun kuniga to‘g‘ri kelsa, o‘zbekistonliklar ketma-ket ikki kun dam olishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 1 iyun kuni ish kuni bo‘ladi