23:45 / 30.05.2019
3 910

IIV: «Yo‘l-patrul xodimlari 1 iyulgacha bodi kameralar bilan ta’minlanadi»

IIV: «Yo‘l-patrul xodimlari 1 iyulgacha bodi kameralar bilan ta’minlanadi»
Yo‘l-patrul xodimlari joriy yilning 1 iyul sanasiga qadar bodi kameralar bilan ta’minlanishi belgilangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan 1 iyul sanasiga qadar xodimlarni bodi kamera qurilmalari bilan ta’minlash belgilangan. Hozirda bu jarayonning texnik asoslari amalga oshirilmoqda, qurilma bilan ta’minlash uchun tender e’lon qilingan bo‘lib, faqatgina ba’zi joylarda sinov-tajriba tariqasida qo‘llanilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizlik bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Erali Bozorovning ta’kidlashicha, bodi kamera orqali tushirilgan tasvirlar yagona umumiy bazada saqlanadi va bu ma’lumotlar bazasidan foydalanish cheklangan, yopiq tarzda amalga oshiriladi. Ushbu yozuvlar ehtimoliy nizolarga aniqlik kiritish maqsadidia foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasiing 2018 yil dekabr oyidagi 975-sonli qaroriga asosan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

Shuningdek, matbuot anjumanida “tonirovka” uchun jarima narxlarining oshirilish holatiga ham izoh berildi.

“Tonirovka uchun jarimaning oshishi uning ixtiyoriyligi bilan bog‘liq. Agar tonirovka majburiy tartibdagi holat bo‘lganda uning uchun to‘lov oshirilmagan bo‘lardi”, ─ deydi Erali Bozorov.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, “tonirovka” uchun jarima eng kam ish haqining 25 baravari miqdoriga oshirilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, tonirovkadan foydlanish uchun tushayotgan murojaatlar soni umumiy mashinalar miqdorining 0,5-1 foizini tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV: «Yo‘l-patrul xodimlari 1 iyulgacha bodi kameralar bilan ta’minlanadi»