00:36 / 31.05.2019
4 263

Ahmoqlar o‘z ahmoqligini anglab yetmasligi bilan bog‘liq effekt

Ahmoqlar o‘z ahmoqligini anglab yetmasligi bilan bog‘liq effekt
"Danning Kryuger effekti" bu - ahmoqlar ahmoq bo‘lganliklari uchun o‘z ahmoqligini anglab yetmasligi bilan bog‘liq effektdir.

Ma’lumki, siyosiy tizimning barqarorligi yo‘l qo‘yilgan xatolarga emas, balki xatoga bo‘lgan munosabat (reaksiya) ga bog‘liq. Chunki ish bor joyda xato bor. Xato qilmaslik kafolatlanmagan.

- Yuksak intellekt va professional malaka egalari xatosini qisqa muddatlarda tan oladi. Bu vaziyat ular uchun vaksina vazifasini bajaradi.
- Ahmoqlar, ya’ni intellektuallik darajasi nolga teng insonlar xatosini tan olishga qodir bo‘lmaydilar.

Xatoni tan olish uchun, insonga kibrni yengish, tahlil, atrofdagilarga hurmat, vaziyatga to‘g‘ri baho berish kabi noyob hususiyatlarning kombinatsiyasi talab etiladi. Ahmoqlar esa "bir hujayrali" bo‘lganliklari uchun tizimli va kombinatsion fikrlay olishmaydi.

Danning Kryuger sindromi bor shaxs hokimiyatga kelsa (o‘rinbosar nazarda tutilayapdi) bu sindrom belgilari xalqda namoyon bo‘la boshlaydi, ya’ni massa uning fikrini takrorlashga o‘tib ketadi.

Hamid Sodiq

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ahmoqlar o‘z ahmoqligini anglab yetmasligi bilan bog‘liq effekt