Pokistonlik general Sodiq Ali boshchiligidagi delegatsiya 30 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Delegatsiya a’zolari dastlab Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.
Majmua yonida bunyod etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishuv chog‘ida qisqa fursatda bunyod etilgan ushbu markazning yaratilish tarixi, uning faoliyati haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi. Bu yerdagi muzey va undagi eksponatlar pokistonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
General Sodiq Ali buyuk muhaddis qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, bu zot to‘plagan sahih hadislar islom dinining asl mohiyatini odamlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?