15:03 / 01.06.2019
3 198

Avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, jinoyat sodir etgan shaxs ushlandi

Avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, jinoyat sodir etgan shaxs ushlandi
Shu yil 27 may kuni 2 noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 32 yoshli J.A.ning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini to‘xtatgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxslardan biri haydovchi J.A. bilan gaplashayotganida ikkinchisi haydovchini chalg‘iganligidan foydalanib, avtomashina salonidan “Sony” va “Samsung” rusumli mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Olmazor tumani Mevazor ko‘chasida yashovchi 28 yoshli S.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, jinoyat sodir etgan shaxs ushlandi