Foto: «Pm.xtv.uz»
Kecha, 1-iyun kuni, Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020 o‘quv yilida ochiladigan Prezident maktablariga hujjat qabul qilish boshlandi.
Shu kunning o‘zida, soat 18:00 ga qadar Prezident maktablariga jami 786 nafar nomzod hujjat topshirdi. Ulardan 394 nafari Xiva shahridagi Prezident maktabi uchun bo‘lsa, yana 187 nafar nomzod Toshkentda, 106 nafar nomzod Namanganda va 99 nafari Nukus shahrida o‘qish istagini bildirgan.
Hujjat topshirgan nomzodlarning 397 nafari o‘g‘il bola va 389 nafari qiz bolalardan iborat.
Prezident maktabiga hujjat topshirgan nomzodlarning umumiy soni birinchi qabul kuni yuzasidan sinflar kesimida quyidagicha taqsimotni tashkil etdi:
326 nafari 4-sinf;
161 nafari 5-sinf;
127 nafari 6-sinf;
87 nafari 7-sinf;
83 nafari 8-sinf;
2 nafari 9-sinf.
Shu bilan birga, 719 nafar nozmodlarning hujjatlari qabul qilingan bo‘lsa, 37 nafar nomzodlarning hujjatlaridagi kamchiliklari uchun ro‘yxatga olinmadi. Qolgan hujjatlar hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020 o‘quv yilida ochiladigan Prezident maktablariga hujjat qabul qilish Pm.xtv.uz sayti orqali ham amalga oshiriladi. Sayt orqali har kuni va 24 soat davomida navbatsiz hujjatlarni internet orqali topshirish mumkin.
Prezident maktablariga hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyatidan foydalaning. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi