3 766
O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizim taqdimoti o‘tkazildi
1 iyun O‘zbekiston fuqarolarini keyinchalik Koreya Respublikasida ishga joylashtirish uchun koreys tili bo‘yicha test sinovidan o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ochiq taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur o‘zgarishlar uch muhim tamoyilga asoslangan:
– Korrupsiya va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik;
– Shaffoflik;
– Jamoat nazorati.
Nimalar o‘zgardi?
Birinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik sub’ektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan o‘tdi. Bilimni baholash markazlari ro‘yxati quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan.
Ikkinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 1 iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi.
Uchinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollar ochiq holda quyidagi manzilga joylashtirilgan.
To‘rtinchi, EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali ma’lumot olishi mumkin.
Mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi