Adliya vazirligi yo‘l-patrul xizmati xodimi qaysi hollarda haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli ekanligini eslatdi.
Bildirilishicha, quyidagi hollarda YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:
- transportdagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;
- haydovchi transportni mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;
- transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;
- transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
- haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
- haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi (charchoqlik va betoblik) mumkin bo‘lgan hollarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi