21:13 / 02.06.2019
3 323

O‘zbekistonda hayit arafasida bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarildi

O‘zbekistonda hayit arafasida bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarildi
Ramazon hayiti arafasida bir guruh mahkuma ayollar jazodan ozod etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ramazon hayiti arafasida Oliy sud raisining o‘rinbosari Yodgorov Oliy sud, qolaversa Toshkent shahri va viloyati sudlarida faoliyat yuritayotgan ayol sudyalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazo o‘tayotgan muassasada bo‘lib, ochiq muloqot o‘tkazgan. So‘ngra jazo o‘tayotgan ayollarga badiiy kitoblar sovg‘a qilingan.

Jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi ham bo‘lib o‘tgan. Unda jami 19 nafar ayol jazodan ozod etilib, uyiga – oilasi bag‘riga qaytarildi.

Bundan tashqari 20 nafar ayol yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasidan manzil-koloniyasiga o‘tkazilgan.

Sayyor suddan so‘ng Yodgorov jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumalarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tinglagan. 17 ta mahkumaning nazorat tartibidagi arizalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hayit arafasida bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarildi