12:30 / 03.06.2019
3 408

Prezident har bir hokimga kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi

Prezident har bir hokimga kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Toshkent viloyatiga qoʻshimcha 100 mlrd soʻm ajratilishini maʼlum qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi boʻyicha Toshkent viloyati aholisiga 350 milliard soʻm ajratish rejalashtirilgan.

— Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda yana 100 milliard soʻm ajratish chorasini koʻrsin, — dedi Prezident.

Shuningdek, davlat rahbari har bir hokimga yil yakuniga qadar kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish, buning uchun mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish lozimligi boʻyicha topshiriq berildi.

— Fargʻonada 4 million aholi yashaydi. Toshkent viloyatida 3 million. Fargʻonadan qancha taklif kelayapti. Bu yerda birorta hokim chiqmadi: Bizga yana 3 milliard soʻm kredit ajrating, deb — dedi davlatimiz rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident har bir hokimga kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi