19:23 / 03.06.2019
3 286

«Novza» ko‘prigidagi YTH tufayli yo‘l bir soatga yopilib qoldi

«Novza» ko‘prigidagi YTH tufayli yo‘l bir soatga yopilib qoldi
Foto: «Gazeta.uz»
«Novza» ko‘prigida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tufayli Bunyodkor prospektida bir soatdan ko‘proq vaqt davomida avtomobillar harakati to‘xtab qoldi.

Bugun, 3 iyun, ertalab soat 09:00da «Novza» ko‘prigi ustida beshta avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. «Gazete.uz» tomonidan xabar qilinishicha, yo‘lning chet qismida ketayotgan Nexia avtomobili ko‘prik ustida uzluksiz chiziqni bosib, o‘rtaga o‘tishga harakat qilgan. Natijada Howo yuk tashuvchi avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng yengil mashina yo‘lning uchinchi qismiga o‘tib ketgan va yana bir Howo yuk tashuvchi avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan oshib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va ag‘darilib tushgan. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi Spark avtomobili to‘qnashuvdan qochishga harakat qilib yo‘nalishini o‘zgartirgan va Matiz bilan to‘qnashib ketgan.

Yo‘l transport hodisasidan so‘ng yo‘lning har ikki tomonida harakatlanish og‘irlashib, faqat bittadan yo‘lak ochiq qolgan. Shuningdek ko‘prik yonidagi yo‘lda ham avtomobillar tiqini yuzaga kelgan.

«Gazete.uz» tomonidan ma’lum qilinishicha, faqat Nexia avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan, boshqa jabrlanganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Novza» ko‘prigidagi YTH tufayli yo‘l bir soatga yopilib qoldi