14:08 / 06.06.2019
4 400

Qozog‘istonlik jurnalist: "O‘zbekistonga safarim meni injiq insonga aylantirdi"

Qozog‘istonlik jurnalist: "O‘zbekistonga safarim meni injiq insonga aylantirdi"
Foto: Facebook / Danara Kurmanova
Bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurib, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat haqidagi iliq taassurotlari bilan bo‘lishgan qozog‘istonlik jurnalist Danara Kurmanova ushbu safarlardan so‘ng injiq insonga aylanib qolganini aytadi.

Jurnalistning yozishicha, u O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni ta’tib ko‘rgach, xuddi shu mahsulotlarning Moskvada yetishtirilgan muqobilini yegisi kelmay qolgan.

Shuningdek, jurnalist palovning ham faqat O‘zbekistonda tayyorlanadiganiga mehr qo‘ygan.
Danara Kurmanova O‘zbekistondan sotib olingan paxtadan tayyorlangan futbolkani ham alohida mehr bilan kiyib yurishini ham yozib qoldirgan.

Jurnalist do‘stlarining «O‘zbekistonni gapiraverib jonga tegding, balki u yoqqa ko‘chib o‘tarsan?» degan kinoyali gapini ham keltiradi.

U O‘zbekistonda matolar juda sifatli va arzon ekanigini ta’kidlab, kuzatuvchilariga «agar O‘zbekistonga yo‘ligiz tushsa ko‘proq tabiiy matoli kiyimlardan sotib oling» deb maslahat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonlik jurnalist: "O‘zbekistonga safarim meni injiq insonga aylantirdi"