18:05 / 06.06.2019
7 105

Chiroqchida ayiq, Muborakda echkiemar. Qashqadaryoda nima bo‘lyapti?

Chiroqchida ayiq, Muborakda echkiemar. Qashqadaryoda nima bo‘lyapti?
Foto: O‘zA
Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Tutli qishlog‘ida yovvoyi ayiqqa nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingan video tarqalgan va ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgandi.

Joriy yil 2-3 iyun kunlari esa ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hududida nobud qilingan echkiemar to‘g‘risidagi xabarlar va o‘ldirilgan hayvon surati keng tarqaldi.

O‘zA voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan bog‘landi.

— Mazkur holat Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida sodir etilgan. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari joriy yil 13 may kuni Muborak tumani hududida o‘tkazgan navbatdagi ekologik reyd davomida Qarshi — Muborak — Buxoro avto yo‘liga yaqin bo‘lgan cho‘l hududida noma’lum fuqaro tomonidan nobud qilingan yovvoyi echkiemar aniqlandi, — deydi qo‘mita axborot xizmati xodimi Sevara Davlatova.

— Mazkur holat bo‘yicha inspektorlar voqea joyida yovvoyi echkiemarni ko‘zdan kechirib, holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur qonunbuzarlikni sodir etgan aybdor shaxsga nisbatan tegishli chora qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchida ayiq, Muborakda echkiemar. Qashqadaryoda nima bo‘lyapti?