06:00 / 07.06.2019
4 549

Maktablarda zo‘ravonlikka qarshi amerikacha usul qo‘llanadi

Maktablarda zo‘ravonlikka qarshi amerikacha usul qo‘llanadi
Sentyabrdan boshlab maktablarda ma’naviyat soatlari doirasida o‘quvchilarga ijobiy psixologiya va stress boshqaruvi ko‘nikmalari psixologik mashg‘ulotlar asosida o‘rgatiladi.

Bu nega muhim: Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari orasida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyihani ishga tushirgandi. Minbar bu muammo o‘quvchilar o‘rtasida keng yoyilayotganini hisobga olib, shu hodisa va uning xavfi haqida professor Lori Vulf bilan suhbat qilgandi.

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston maktablarida ijobiy psixologiya va stress boshqaruvini o‘qitish metodikasini joriy etish maqsadida xalqaro Fulbrayt ta’lim dasturi doirasida AQShlik ekspert-psixolog, professor Lori Vulf xonimni chaqirtirgan edi.

Hozirgacha loyiha doirasida maktablarda o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun stress va agressiya, ulardan saqlanish va oqibatini bartaraf etishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi ishlab chiqilgan.
Dastur vazirlik mutaxassislari, psixolog olimlar va tajribali psixologlardan iborat ekspert guruhi tomonidan madaniy muhitga moslashtirilib, takomillashtirilgan.

Metodik materiallar Toshkent shahridagi 4 ta maktabda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
Ijobiy psixologiya va stress boshqaruvini o‘qitish metodikasi bo‘yicha 14 ta hududda TOT (trenerlar uchun trening) o‘tkazilib, 700 dan ziyod trenerlar jamoasi shakllantirilgan.

Endilikda har bir tuman (shahar) miqyosida kaskad usulidagi treninglar tashkil etiladi va barcha maktab psixologlari, ular orqali esa pedagoglar ijobiy psixologiya va stress boshqaruviga xalqaro tajriba asosida o‘qitiladi.

Mazkur loyiha orqali o‘quvchilar orasida sodir bo‘layotgan o‘ziga va o‘zgalarga zarar yetkazuvchi xulq-atvor profilaktikasi va korreksiyasi amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda zo‘ravonlikka qarshi amerikacha usul qo‘llanadi