21:46 / 07.06.2019
3 267

Kuchli yomg‘ir va sel Quyi Chirchiqdagi 48 ta xonadonga talafot yetkazdi

Kuchli yomg‘ir va sel Quyi Chirchiqdagi 48 ta xonadonga talafot yetkazdi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi «Ibrat» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joriy yilning 3 iyun kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel kelgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sel 48 ta xonadonga talafot yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi farmoyishiga muvofiq xonadonlarga yetkazilgan talafotni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha viloyat komissiyasi tuzilgan.

Komissiya a’zolari hodisa sodir bo‘lgan kundan boshlab voqea joyida bo‘lib, zudlik bilan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, yetgan talafotni aniqlash, fuqarolarni xavfsiz joyga ko‘chirish, ularni oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuchli yomg‘ir va sel Quyi Chirchiqdagi 48 ta xonadonga talafot yetkazdi