07:10 / 08.06.2019
2 692

Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning 2 viloyatida golf-klub qurmoqchi

Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning 2 viloyatida golf-klub qurmoqchi
7 iyun kuni Seulda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari Ji Eun xonim boshchiligidagi IRED investitsion kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya rahbari Ji Eun xonim O‘zbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida rivojlanish uchun kata salohiyatga ega ekani va Osiyo mamlakatlari O‘zbekiston bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonning energetika va turizm sohalariga sarmoya kiritish istagini bildirdi.

Shuningdek, IRED kompaniyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda Jizzax va Toshkent viloyatlarida golf-klublar qurilishiga doir loyihalar taklif etildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, IRED kompaniyasi bilan Chirchiq daryosi bo‘yida rivojlangan infratuzilmaga (mehmon uylari, futbol maydoni, kinoteatr, restoran va h.k.) ega dam olish zonasini yaratishning shart-sharoitlari muhokama qilindi. Loyihada 10 million AQSh dollari qiymatidagi investitsiya kiritilishi ko‘zda tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning 2 viloyatida golf-klub qurmoqchi