17:23 / 08.06.2019
3 978

Kuchli shamol Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning tomlarini uchirib ketdi (video)

Kuchli shamol Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning tomlarini uchirib ketdi (video)
Bugun, 8 iyun kuni kuzatilgan kuchli shamol natijasida Toshkentning Olmazor tumanidagi yaqinda yopib bitkazilgan ko‘p qavatli uyning tomi ko‘chib tushib ketgan.

Kun.uz nashri tomonidan havola qilingan videolavhada Olmazor tumani Qoraqamish 2/4 mavzesidagi ko‘p qavatli uyning profnastil qoplangan tomi to‘liq ko‘chib tushgani va pastda turgan avtomobillarga hamda daraxtlarga jiddiy zarar yetkazgani ko‘rinadi.

Ma’lum qilinishicha, tomni yopish ishlari sifatsiz bajarilgani, profnastil va reykalar uy betonlariga mustahkam qotirilmagani tufayli qurilma qisqa muddat ichida yaroqsiz holga kelgan va qulab tushgan.

Hozircha jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuchli shamol Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning tomlarini uchirib ketdi (video)