18:02 / 10.06.2019
2 982

Elektr manbaiga "o‘zboshimchalik bilan" ulangan iste’molchi fosh qilindi

Elektr manbaiga "o‘zboshimchalik bilan" ulangan iste’molchi fosh qilindi
Majburiy ijro byurosi tomonidan Sirdaryo tumani, “Do‘stlik” MFY, o‘tkazilgan nazorat tadbirida, ushbu ko‘chada joylashgan quriliish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona ish boshqaruvchisi A.Sharipov Sirdaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan 2019 yil uchun elektr ta’minoti shartnomasi tuzmasdan va elektr tarmog‘iga elektr hisoblagichdan tashqari, ya’ni o‘zboshimchalik bilan o‘lchov priborining ulanish sxemasi o‘zgartirilib, o‘rnatilgan 3 dona 100/5 tokka ulangan simlar uzib qo‘yilib, hisoblagich sun’iy ravishda to‘xtatilgan holda elektr energiyadan foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona davlat manfaatlariga 12.394,4 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yekazgan.
Ish materiallariga ko‘ra A.Sharipov Sirdaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlarga yetkazgan 12.394,4 ming so‘mlik moddiy zarar miqdorini 26.03.2019 yilda to‘liq qoplagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr manbaiga "o‘zboshimchalik bilan" ulangan iste’molchi fosh qilindi