15:30 / 11.06.2019
3 746

Xitoyda zo‘ravonlikka uchragan yana bir «kelin» O‘zbekistonga qaytarildi

Xitoyda zo‘ravonlikka uchragan yana bir «kelin» O‘zbekistonga qaytarildi
Foto: «CA-News»
Jurnalistlardan yordam so‘ragan andijonlik 25 yoshli Shodiyona Davlatova O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda «CA-News» xabar bermoqda.

Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan bu qiz erining zo‘ravonligi va tazyiqlaridan shikoyat qilgan. Aytishicha, turmush o‘rtog‘i uni xonaga qamab kaltaklagan va homilador bo‘lishi uchun turli tabletka, in’eksiya ko‘rinishidagi noma’lum dorilarni iste’mol qilishga majburlagan.

Shodiyona o‘zbekistonlik diplomatlar yordamida O‘zbekistonga qaytarilgan uchinchi qiz bo‘ldi.

Avvalroq xitoylik yigitga turmushga chiqqan namanganlik Saida O‘zbekistonga qaytish uchun yordam so‘ragan va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlikda ushbu qizni yurtimizga qaytarishga erishgandi.

Keyinroq Xitoyda mahalliy yigitga turmushga chiqib, og‘ir ahvolda qolgan yana bir hamyurtimiz Toshkentga olib kelingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda zo‘ravonlikka uchragan yana bir «kelin» O‘zbekistonga qaytarildi